Ushbu diagrammada dunyodagi oliy ma’lumotli migrantlar qayerdan kelganligi ko’rsatilgan

OECD (Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti) mamlakatlarida taxminan 120 million migrant yashaydi, ularning kamida 30 foizi oliy ma’lumotga ega. OECD mamlakatlaridagi Hindistondan kelgan milliondan ortiq migrantlarning oliy ma’lumot darajasiga ega bo’lganlarning nisbati deyarli 65 foizni tashkil etdi.

OECD ma’lumotlari shuni ko’rsatadiki, OECDga a’zo mamlakatlarda taxminan 120 million migrant yashaydi. Ushbu migrantlarning 30-35 foizi oliy ma’lumotli hisoblanadi, ya’ni bu ularning kasb-hunar yoki akademik ta’lim olganligini anglatadi. Biroq, ko’pincha oliy ma’lumotli migrantlar tug’ilgan mamlakatlar orasida bu ulushlar ancha yuqori.

OECDda uch milliondan ziyod yuqori ma’lumotli muhojirlar bilan 2015/16 yilga kelib ro’yxatda birinchi o’rinni egallagan Hindiston uchun oliy ma’lumotli kishilarning nisbati deyarli 65 foizni tashkil etdi. Xitoyda OECD mamlakatlaridagi oliy ma’lumotli migrantlarning ulushi 48,6 foizni yoki 2,25 millionni tashkil etadi.

Filippinlar dunyoning ikki yirik davlatidan keyin uchinchi o’rinni egallaydi va OECD mamlakatlari ro`yxatida oldingi o`rinidan joy egallagan. Tabiiyki, ular bir-biri bilan yuqori ma’lumotli kadrlar almashinmoqda, ayniqsa Yevropa mamlakatlarida. OECDga kelgan filippinlik immigrantlarning 53,3 foizi oliy ma’lumotli hisoblanib, bu 100 milliondan sal ko’proq bo’lgan aholining 1,9 millioniga to`g`ri keladi. Xalqaro Mehnat Tashkiloti Filippinlar haqidagi maqolasida ushbu yuqori malakali migrantlarning aksariyati sog’liqni saqlash sohasi mutaxassislari, ayniqsa hamshiralar ekanligini aniqladi. Koronavirus pandemiyasi tufayli Filippin hukumati vaqtincha ishdan ketish va yangi ishga qabul qilingan hamshiralar sonini yiliga 5000 ga cheklab qo’ydi.

OECD eng muhim migratsiya yo’laklarini aniqladi. Uning ma’lumotlariga ko’ra, 1-o’rinlarni Meksikadan AQSHga, Hindistondan AQShga boruvchi muhojirlar oqimi egalladi  va bu bilan Flippindan AQSHga boruvchi muhojirlardan o’zib ketdi. Ta’kidlash joizki, deyarli barcha flippinlik ishsizlar AQSHga yangi hayot boshlash uchun boradi. Keyingi o’rin esa Germaniya-Polsha immigrantlariga nasib bo’ldi.

Avvalgi Maqola
sahel picture of desert

Nima uchun Saxiliyada ekotizim tiklanishini jadallashtirish o‘n yillik ustuvor yo‘nalish bo‘lishi kerak?

O'xshash xabarlar